06:31 / 22.06.2015
1457

Hurriyet: “Fenerbaxche” Nani uchun 8,4 mln yevro to‘laydi

Portugaliyalik yarimhimoyachi Luish Nani yaqin orada Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasi o‘yinchisiga aylanadi. Bu haqda Hurriyet nashri xabar berdi.

Tomonlar transferning barcha jihatlarini kelishib olishdi. “Fenerbaxche” 28 yoshli futbolchini 8,4 mln yevroga sotib oladigan bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, Nani yangi klubida yiliga 3,4 mln yevro maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Nani ijara asosida Lissabonning “Sporting” jamoasida to‘p surdi, biroq portugaliyaliklar o‘z tarbiyalanuvchisini sotib olmaydigan bo‘ldi.

Top