18:20 / 22.06.2015
3767

IShID tarkibiga ketib qolgan talaba MDUdan haydalmaydi

Moskva davlat universiteti falsafa kafedrasi dekani Vladimir Mironov ilgariroq IShID tarkibiga qo‘shilish uchun ketib qolib, Turkiyada qo‘lga olingan talaba qiz Varvara Karaulova o‘qishdan haydalmasligini ma'lum qildi.
“Bugun u bizga akademik ta'tilga chiqarish haqida iltimosnoma yozishi kutilmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Aytilishicha, akademik ta'til bir yil davom etadi, shundan so‘ng u o‘qishni davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Top