07:39 / 22.06.2015
7783

Isroil Ichki ishlar vazirining rafiqasi Obama haqida latifa tufayli mojaro markazida qoldi

Isroil Ichki ishlar vaziri Silvan Shalomning rafiqasi Judi Shalom Nir-Mozes o‘zining tvitterdagi safihasida AQSh prezident Barak Obama haqida latifa joylashtirgandan keyin mojaro markazida qoldi.

Judi o‘z akkauntida “Obama qahvasi nimaligini bilasizmi? Qora va kuchsiz” deb yozuv qoldirdi.

Shunday keyin unga internet foydalanuvchilari “hujum” qilib qolishdi. Ayol o‘z tvitini o‘chirib tashlashga majbur bo‘ldi, biroq ko‘pchilik foydalanuvchilar uning bu tvitini suratga olib, internetda tarqatib yuborishga ulgurishdi.

Judi Shalom Nir-Mozes bu nojo‘ya hazili uchun o‘zini oqlashga urinib ham ko‘rdi.

“Bu nojo‘ya hazilni eshitib, uni keltirib ahmoqlik qildim. Men buni istamagandim, bu men tomonimdan noto‘g‘ri va xunuk ish bo‘ldi. Men o‘z qilmishimdan kechirim so‘rayman, bu menga kimdir aytib bergan ahmoqona hazil edi, xolos. Men buni chop etmasligim kerak edi”, deb yozdi u.

Ayol eri bundan xabar topgach, junbishga kelishidan juda qo‘rqayotganini tan oldi.

Top