22:06 / 22.06.2015
2136

Rafael Benites: “Qo‘l ostimdagi hech bir o‘yinchi maydondagi o‘rni va o‘yin vaqti borasida talab qo‘ygani yo‘q”

“Real Madrid” bosh murabbiyi Rafael Benites jamoaning 2015/16 yilgi mavsumdagi o‘yin usuli haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Ko‘pchilik o‘yin usuli hamda sxemasini farqlay olmaydi hamda o‘yin modeli bu 4-4-2, 4-3-3 deb biladi. Biroq bu xato fikr. Bizning o‘yin modelimiz hujumkor harakatlarga asoslangan bo‘ladi. Jamoamizda hujumkor o‘yinchilar ko‘p. Shu sababdan biz hujumkor o‘yin usulida o‘ynashni rejalashtirganmiz.

Kasilyas, Ramos, Ronaldu, Beyl va Isko o‘zining maydondagi o‘rni hamda o‘yin vaqti haqida hech qanday talab qo‘ygani yo‘q”, – dedi Rafael Benites. 

Top