13:44 / 22.06.2015
2247

Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi viza tartibi yengillashtirildi

Rossiya va Qirg‘iziston fuqarolarning ikki davlatda bo‘lish tartibi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Endilikda bir davlat fuqarosi ikkinchisida ro‘yxatdan o‘tmagan holda 30 kun bo‘lishi mumkin.
Hujjatning Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida imzolanishi marosimida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ham ishtirok etdi. Prezident axborot siyosati bo‘limining xabar berishicha, hujjatni Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchisi Bolot Junusov va Rossiya federal migratsiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy imzoladi.
Marosimdan so‘ng Atambayev Romodanov bilan bir qator masalalarni muhokama qildi.
Ayni paytda, kabar.org saytining xabar qilishicha, Rossiya migratsion qonunchiligini buzgan Qirg‘iziston fuqarolariga o‘ziga xos amnistiya taqdim etildi: ular 10 iyuldan 1 noyabrga qadar Rossiya hududidan chiqib, qaytib kirishiga ruxsat etildi.

Top