18:13 / 22.06.2015
2985

Tataristonda 7 yoshli bola mast holda reanimatsiyaga yotqizildi

Tataristondagi Ridder shahri shifoxonasiga 7 yoshli bola yotqizildi. YK-news.kz saytining xabar berishicha, u mast holda bo‘lib, alkogoldan zaharlanishda gumon qilinmoqda.
Bundan ilgariroq xuddi shu shifoxonaga 12 yoshli qizaloq ham yotqizilgan edi. Aytilishicha, u 16 yoshli dugonasi bilan vino ichgan, lekin organizmi alkogolni ko‘tara olmay, reanimatsiya tushib qolgan.
Oradan bir necha kun o‘tib, 13 yoshli bola alkogol intoksikatsiyasiga uchradi. 7 yoshli bola spirtli ichimlik ichib, zaharlangan uchinchi voyaga yetmagan bola bo‘ldi.
Bolalar alkogol zahri organizmlarini tark etishi uchun vositalar qabul qilmoqda.

Top