19:14 / 22.06.2015
2282

Toshkent oliygohlarining talaba qizlari o‘rtasida futbol turniri o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Ayollar futboli assotsiatsiyasi va Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ayollar futbolini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2015 yil 22 iyundan 28 iyungacha Toshkent oliygohlarining talaba qizlari o‘rtasida ilk marotaba futbol turniri o‘tkazilmoqda. Ushbu musobaqa Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi sport sohasiga oid sermahsul hamkorlikning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Turnirda quyidagi oliygohlarning talaba qizlaridan iborat futbol jamoalari ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishmoqda: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent shahridagi INHA universiteti, Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti (O‘zDJTU), Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti (TDPU), K. Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent Axborot Texnologiyalari universiteti (TATU) va I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali.

Guruh bosqichi (22.-24.06.2015) va yarim final (26.06.2015) o‘yinlari O‘zbekiston futbol federatsiyasi binosi oldidagi «Kelajak futbol poydevori» sportkompleksi hududida bo‘lib o‘tadi.

Turnirning final o‘yini va tantanali yopilish marosimi esa 2015 yil 28 iyun kuni soat 19:00da “Bunyodkor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Final o‘yiniga bepul chiptalarni “Bunyodkor” stadionining marketing bo‘limidan (tel. 230-93-39) yoki Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasidan (Sh. Rashidov ko‘chasi, 15) olish mumkin.

Top