14:09 / 22.06.2015
1541

Xitoyda avtomobil odamlarga kelib urilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

22 iyunda Xitoyning sharqida joylashgan Usi shahrida (Tszyansu violyati) yengil avtomobil katta tezlikda chorrahada odamlarga kelib urilgan. Oqibatda kamida 4 kishi halok bo‘ldi, yana 6 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Sina” yangiliklar portali.

Portalning ma'lumotlariga ko‘ra, “Byuik” avtomobili rulida o‘tirgan haydovchi shaharning chorrahalaridan birida boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Avtomobil inersiya bo‘yicha shuningdek yana bir nechta elektromopedchi va velosipedchilarni urib yuborgan. Barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan, ulardan biri olingan jarohatlardan halok bo‘ldi.

Politsiya voqea sabablarini o‘rnatmoqda, “Byuik” haydovchisi hibsga olindi.

Top