15:17 / 23.06.2015
2051

Beeline roumingi endilikda “Aeroflot” va boshqa bir necha aviakompaniyalar bortida amal qilmoqda

O‘zbekiston aloqa operatori Beeline OnAir kompaniyasi bilan hamkorlik natijasida havo kemalari bortida rouming kengaygani haqida xabar beradi.

“Mart oyida abonentlarimiz mamlakatda birinchi bo‘lib yuksaklikdagi aloqa qulayliklarini bir nechta aviakompaniyalar samolyotlari bortidagi rouming xizmatidan foydalangan holda sinab ko‘rishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik, – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov. – Bugun esa yana bir bort aloqa operatori bilan hamkorligimiz boshlangani haqida xabar berishdan mamnunmiz. Buning natijasida aviakompaniyalar ro‘yhati ikki barobarga oshdi, va Beeline mijozlarni parvoz chog‘ida ishonchli aloqa bilan ta'minlagan holda mazkur innovatsion xizmatni taqdim eta oladi”.

Endilikda Beeline abonentlari quyidagi aviakompaniyalar samolyotlarida ham rouming xizmatidan foydalanishlari mumkin: Aeroflot, All Nippon Airways, AZAL, Cebu Pacific Air, Egyptair, Hong Kong Airlines, Iberia, Libyan Airlines, Oman Air, Philippine Airlines, Royal Jordanian, Saudia, TAM Airlines i Thai Airways.

Avval xabar berilishicha, Beeline roumingi Britaniyadagi AeroMobile mobil operatori bilan hamkorlikda quyidagi havo kemalarida amal qilmoqda: Transaero, British Airways, Air France, Lufthansa, KLM, SAS, Emirates, Virgin Atlantic, Qatar Airways, Etihad Airways, Singapore Airlines, Aer Lingus va Eva Air.

Samolyot bortidagi rouming xizmati narhlari:

  • kirish qo‘ng‘iroqlari daqiqasi – $7,98

  • O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘irog‘i daqiqasi – $6,96

  • boshqa mamlakatlarga chiqish qo‘ng‘irog‘i daqiqasi– $8,40

  • bir chiqish SMS – $1,26

  • GPRS (1 Mb) – $27

Havo kemasi bortidagi Beeline roumingining barcha kirish SMS‘lari – bepul. Tafsilotlar www.beeline.uz va www.aeromobile.net saytlarida.

***

Beeline brendi O‘zbekiston respublikasi hududida MChJ Unitel‘ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM -operatorlari qatorida yyetakchi o‘rinni yegallab kelmoqda. 2015 yilning I choragi natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 10 356 000 kishini tashkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 3G tarmog‘i ishga tushirilishi to‘g‘risida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.

 

Batafsil ma'lumotlar uchun:

Unitel MChJ Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari:

Oraz Abdurazakov

+99890 373-00-43, pr@beeline.uz

Facebookda biz bilan birga bo‘l: www.facebook.com/beeline.uz

Twitterda bizdan boxabar bo‘lib tur: www.twitter.com/beeline_uz

“Odnoklassniki”da bizni muhokama qil: www.ok.ru/beeline_uz

Instagram’da fotosuratlarni tomosha qil: www.instagram.com/beeline_uzbekistan

Top