15:44 / 23.06.2015
2264

Yevropaning eng keksa erkagi vafot etdi

Britaniyalik 111 yoshli Nazar Singx vafot etdi. U nafaqat Britaniyaning, balki Yevropaning ham eng keksa erkagi edi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, u 111 yoshga to‘lganidan ikki hafta o‘tib vafot etgan.
Singx 1904 yili Panjobda dunyoga kelgan. Angliyada u 50 yil yashagan. Uning 9 farzandi, 34 nabirasi va 63 evarasi bor.
Ta'kidlanishicha, Singx ikkita jahon urushi, buyuk inqirozni va 25 bosh vazirni ko‘rgan yagona britaniyalik edi.

Singxning Sanderlendda istiqomat qiluvchi nabirasi, 31 yoshli Xarvnider Gill bobosining Hindistonda, oila davrasida vafot etganini ma'lum qildi.
Ilgari bergan intervyularidan birida Nazar Singx uzoq umr ko‘rish siri yaxshi oila, to‘g‘ri ovqatlanish va baxtda ekanligini aytgan edi.

Top