18:19 / 23.06.2015
2339

Farg‘ona viloyatida namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 3 ming 802taga yetdi

Farg‘ona viloyatida namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy-joylar soni 3 ming 802taga yetdi. Joriy yilda 30 qishloq massivida 1 ming 19ta ana shunday uy-joy bunyod etilmoqda.

Ko‘plab o‘zbekistonliklar mustaqillikning 24 yillik bayramini ana shu yangi uylarda kutib oladi. 

O‘zbekiston Prezidentining 2015 yil 7 yanvardagi “2015 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi dasturi va 2016 yilgi qurilishning asosiy parametrlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

“Tayyor holda topshirish” sharti asosida qad rostlayotgan bu uylarda barcha sharoit yaratilmoqda.

"Baxtli hayot kechirishni har bir inson orzu qiladi. Bizning xalqimizda baxt, avvalo, xonadonimizdagi fayzu baraka, oilalarimizdagi farovonlik bilan o‘lchanadi. Ilgari mana shunday uy-joylar qurilishini hech kim tasavvur ham qilmagan. Mehmonxona, oshxona, hammom, hovli, avtomobil turadigan joy. Bir oila uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi muhayyo. Bugun o‘g‘lim Umidjon bilan bu uylarni ko‘rib, havasimiz keldi, biz ham buyurtma berishni maqsad qildik", – deydi Rahmon ota Jabborov. 


Top