23:11 / 23.06.2015
2419

KONMeBOL Amerika kubogi uchun mukofot pullarini to‘lay olmaydi

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi KONMeBOL FIFAdagi korruptsion mojaro tufayli Amerika kubogi uchun mukofot pullarini to‘lay olmaydigan bo‘ldi.

Urugvayning El Pais gazetasiga iqtibos keltirgan holda AS ning xabar berishicha, musobaqaning bosh hamkori Datisa kompaniyasining faoliyati AQSh Federal qidiruvlar byurosi tomonidan taftish qilinmoqda, uning hisob raqamlari hibsga olingan.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 10 mln dollarni, jumladan chempion uchun 4 mln, final ishtirokchisiga 3 mln, 3-o‘rinni egallagan jamoaga 2 mln va 4-o‘rinni egallagan jamoaga 1 mln dollar mukofot pulini tashkil qiladi.

Top