12:07 / 23.06.2015
7354

Mirjalol Qosimov O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyligidan ozod etildi

23 iyun kuni O‘zbekiston Futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste'fosini qabul qildi. Bu haqda federatsiyaning tvitterdagi rasmiy akkauntida xabar qilindi.

Bu qaror ayni vaqtda O‘FF majlislar zalida davom etayotgan murabbiylar kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Qayd etish joiz, bu voqea milliy terma jamoa 2018 yilgi jahon chempionati uchun saralash o‘yinlarining uchinchi bosqichidagi KXDRga qarshi 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin yuz berdi.

Uning o‘rniga terma jamoani kim boshqarishda davom etishiga aniqlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni "Sport" kanali orqali efirga uzatilayotgan "Futbol sharhi" ko‘rsatuvida O‘zbekiston futbol federatsiyasidan milliy terma jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning iste'foga chiqarilishi so‘ralgandi.

Top