13:04 / 23.06.2015
1423

Navbatdagi so‘rovnoma ishtirokchilarining aksariyati o‘zini vatanparvar deb hisoblashini ma'lum qildi

“Ijtimoiy fikr” markazi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tadqiqot “O‘zbekiston yoshlari: hayotiy qadriyatlar, axloq va madaniyat” deb ataldi. Prezidentning 2014 yil 6 fevralidagi “O‘zbekiston Respublikasida davlat yoshlar siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shima chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga binoan o‘tkazilgan tadqiqotda mamlakatning turli hududlarida ishlovchi va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadqiqotdan ma'lum bo‘lishicha, yosh o‘zbekistonliklar kelajaklarini belgilab beruvchi birlamchi omillar qatorida ta'limni va chet tillarini o‘rganishni sanab o‘tishgan. Shuningdek, ular uchun axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlar muhim o‘rin tutishi ma'lum bo‘ldi.
Axloq-odobni asrashda asosiy o‘rin tutuvchi omillar tariqasida oila, o‘quv dargohlari va mahalla tilga olindi.
Shuningdek, yoshlarning 80 foizi muntazam ravishda sport bilan shug‘ullanib kelishi aniqlandi.
Eng muhimi, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 94.3 foizi o‘zini, tili, dini, kelib chiqishi, yashash joyidan qat'iy nazar, o‘zini vatanparvar deb hisoblashini ta'kidlab o‘tishdi.

Top