08:40 / 23.06.2015
3054

Oq uy: Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishi dunyo yaqdilligini ko‘rsatdi

Yevropa Ittifoqining Rossiyaning “beqarorlashtiruvchi” va Ukrainaning hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan xatti-harakatlariga qarshi Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirishi dunyo hamjamiyatidagi yaqdillikni ko‘rsatdi, deb aytdi Oq uy rasmiy vakili Josh Ernest.

“Sanktsiyalarning uzaytirilishi Ukrainaning hududiy yaxlitligi buzilishiga qarshi dunyo hamjamiyatining birgalikdagi harakatlarining keyingi qadami va dunyo hamjamiyatining Putinning asosiy xalqaro me'yorlarni hurmat qilishga majburlashdagi qat'iy kayfiyatidan darak beradi”, deydi AQSh prezidentining matbuot kotibi.

Ernest avvalroq oyning boshida Germaniyada “Katta yettilik” sammitida AQSh prezidenti o‘zining yevropalik hamkasblari bilan birdamlikni saqlash zarurligini muhokama qilgan edi. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari 22 iyun kuni Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarning amal qilishini 2016 yilning 31 yanvarigacha uzaytirdi.

Top