15:00 / 23.06.2015
1616

Petr Chex "Arsenal"ga o‘tgani haqidagi xabarni inkor qildi

"Chelsi" jamoasi darvozaboni Petr Chex "Arsenal" bilan shartnoma imzolagani haqidagi ma'lumotlarni inkor qildi

33 yoshli darvozabon o‘z manfaatlarini himoya qiladigan Sports PR Company kompaniyasi xabarini retvit qildi va shu yo‘l bilan "Arsenal"ga o‘tayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. 

"Transfer amalga oshganicha yo‘q. Aniq axborot paydo bo‘lishi bilan Petr Chex buni tasdiqlaydi", - deyiladi xabarda.

Avvalroq "Arsenal» 11 million funt evaziga Petr Chexni "Chelsi"dan sotib olayotgani, darvozabon "kanonirlar" safida haftasiga 100 ming funt maosh olishi haqida xabar berilgan edi.

Top