22:01 / 23.06.2015
1286

Rossiyalik basketbolchi Andrey Kirilenko faoliyatini tugatishini e'lon qildi

Moskvaning TsSKA basketbol klubi o‘yinchisi Andrey Kirilenko o‘z faoliyatini tugatishini e'lon qildi. Basketbolchi Rossiya basketbol federatsiyasiga rahbarlik qilishi haqida aniq qarorga kelmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Avvalroq Kirilenko Rossiya basketbol federatsiyasi prezidenti lavozimiga da'vogarlik qilayotgani ma'lum qilingandi.

“Rossiya basketbol federatsiyasiga boshchilik qilishim qanchalik haqiqatga mos? Aniq ayta olmayman. O‘yinchi sifatida faoliyatimni tugatyapman. Yo‘q, bu mening yakuniy qarorim deb ayta olmayman. Bugungi kunda faoliyatimni yakunladim. Shuncha o‘ynaganim yetar.

Men uzoq vaqt, muvaffaqiyatli tarzda basketbol o‘ynadim va boshqa ko‘rinishga o‘tish vaqti keldi”, deb aytmoqda Kirilenko.

Ma'lumot uchun, Andrey Kirilenko Sankt-Peterburning “Spartak”, Moskvaning TsSKA, AQSh Milliy basketbol uyushmasining “Yuta Jaz”, “Minnesota Timbervulvz”, “Bruklin nets” kabi klublarida o‘ynagan.

Top