12:23 / 23.06.2015
6145

Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Mirjalol Qosimov o‘rniga Toshkentning «Paxtakor» klubi ustozi Samvel Babayan O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda federatsiyaning tvitterdagi rasmiy akkauntida xabar qilindi.

Bu qaror ayni vaqtda O‘FF majlislar zalida davom etayotgan murabbiylar kengashi yig‘ilishida qabul qilingan.

Ma'lumot uchun, Samvel Babayan ancha yillardan buyon "Paxtakor" jamoasida bosh menejyer sifatida faoliyat yuritib keladi. U o‘tgan mavsumda "Paxtakor" jamoasi bilan O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgandi.

Top