21:20 / 23.06.2015
1556

Tokiodan janubda 6,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi

Yaponiya poytaxti Tokiodan taxminan 800 km janubda, Tinch okeanida 6,9 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Tsunami sodir bo‘lish xavfi yo‘qligi aytilmoqda.

Zilzila markazi Tinch okeanida Ogasavara orollari yaqinida bo‘lgan, o‘chog‘i esa dengiz tubidan 480 km chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida axborot berilmagan.

Top