09:14 / 23.06.2015
5176

Yanukovich Putinga hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Yakunovich Putin 2014 yilning 23 fevraliga o‘tar kechasi Rossiya maxsus xizmatlarini jalb qilgan holda uning hayotini saqlab qolganini aytdi.

“Vladimir Putin o‘zining maxsus xizmatlari tavsiyasiga ko‘ra bunday qaror qabul qilgani uning shaxsiy huquqi va ishi edi. U men bilan bu haqda maslahatlashmagan”, deb aytdi Yanukovich VVS-Newsnight ga bergan intervyusida.

“Putin meni qutqarishga buyruq bergani va mening qo‘riqlash xizmatimga meni mamlakatdan olib chiqib ketishga va hayotimni saqlab qolishga ko‘mak berilgani uchun Putindan minnatdorman”, deb aytdi Yanukovich va o‘sha paytda uning hayoti xavf ostida bo‘lganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Yanukovich Ukrainaga yana qayta olishiga umid bildirmoqda.

Top