18:11 / 24.06.2015
1380

“Bavariya” Shvaynshtaygerni “Manchester Yunayted” o‘yinchisi Di Mariyaga almashishi mumkin

“Bavariya” klubi “Manchester Yunayted” bilan o‘zaro o‘yinchi almashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bild nashrining xabar berishicha, myunxenliklar yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger “Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi Anxel Di Mariyaga almashtirilishi mumkin bo‘lgan variant mavjud.

Agar bunday almashuv amalga oshsa, “Bavariya” inglizlarga yana ma'lum qiymatda haq to‘lashiga to‘g‘ri keladi. transfermarkt taxminiga ko‘ra, hozirda Di Mariya 65 mln yevroga, Shvaynshtayger esa 28 mln yevroga baholanmoqda.

Shvaynshtayger “Bavariya”dan ketishni istamayapti, Di Mariya esa “MYu”dagi birinchi mavsumida qoldirgan salbiy taassurotni unutib yuborishni xohlamoqda.

Top