23:11 / 24.06.2015
2590

“Golos” teleloyihasi prodyuseri yangi realiti-shouda Putinning ishtirok etishini istayapti

“Golos” (“Ovoz”) va “Sara Peylin Alyaskasi” loyihalari prodyuseri Mark Bernett dunyo yetakchilari hayotlari haqida shou yaratish istagi haqida ma'lum qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.

Bernett o‘zining yangi shousining ilk mehmoni sifatida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni, undan keyin esa Kuba yetakchisi Fidel Kastroni ko‘rishni istamoqda.

“Men mamlakatlarni yangiliklar orqali emas, balki ushbu mamlakatlar yetakchilar ko‘zi bilan ko‘rsatishni xohlayman”, deb aytmoqda Bernett.

Bernettning avvalgi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Sara Peylin Alyaskasi” shousida Alyaska shtatining sobiq gubernatori Sara Peylinning hayoti ham oddiy odamlarniki kabi ekanligi ko‘rsatilgan edi. Xususan, loyiha seriyalarida Peylinning sayrga borishi, baliq ovlashi va uyda pishiriq pishirishi namoyish etilgan. 2008 yilning oxirida shou rekord darajadagi 5 mln tomoshabinni yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Top