22:23 / 24.06.2015
1398

“Zenit” matbuot kotibi: “Klub Vittsel bo‘yicha hech kim bilan muzokara olib bormayapti”

“Zenit” matbuot kotibi Dmitriy Tsimmerman klub yarimhimoyachisi Aksel Vittsel atrofidagi vaziyatga izoh berib o‘tdi.

“Italiyada Vittselning “Milan”ga o‘tishi bo‘yicha deyarli kelishuvga erishilgani aytilmoqda. Bu ma'lumot qanchalik haqiqatga mos keladi?” degan savolga Tsimmerman quyidagicha javob berdi.

“Vittsel “Zenit”ga tegishli, shuning uchun klubga murojaat qilmay turib o‘yinchi bilan har qanday muzokaralar olib borishning iloji yo‘q. OAVlar bir necha oydan beri Vittselni “Yuventus”ga o‘tishini aytishayotgan edi, mana endi gal “Milan”ga keldi. Bunday mish-mishlar qayerdan olinishini bilmayman, biroq ayni paytda “Zenit”ga Vittsel bo‘yicha birorta ham taklif kelib tushmadi. Va mos holda, klub futbolchi bo‘yicha hech kim bilan muzokaralar olib bormagan.

Aksel – juda iqtidorli va qimmatbaho futbolchi, u hozirda o‘zining eng yaxshi formasida turibdi. O‘yinchining “Zenit” bilan shartnomasida yozilgan tavon puli qiymati hisobga olinsa, agar Vittsel bo‘yicha taklif klubning manfaatlariga mos kelmasa, klub Vittsel bo‘yicha muzokaralarga kirishishning imkoni yo‘q deb hisoblaydi”, deb aytmoqda Tsimmerman.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra futbolchi uchun tavon puli 100 mln yevroni tashkil qiladi.

Top