20:29 / 24.06.2015
1929

2015 yili Benilyuks davlatlarining 20 turoperatorlari O‘zbekistonga yo‘nalishlar ochdi

Joriy yilda Belgiya va Niderlandiyaning 20 turoperatori O‘zbekistonga borish uchun yo‘nalishlar va paketlar taklif qildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma'lum qildi.
Belgiyaning eng yirik kompaniyalaridan bir bo‘lgan Koningaap o‘z saytida “Markaziy Osiyo yuragi” nomli maqola chop etib, unda O‘zbekistonning tarixiy yodgorliklariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Niderlandiyaning Tiara Tours kompaniyasi esa mijozlariga Marko Polo yurgan yo‘lni bosib o‘tib, O‘zbekistonning qadimiy shaharlarini ko‘rishni taklif qildi.

Top