20:23 / 24.06.2015
1688

2017 yilgacha Qozog‘iston bir qator Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti davlatlari bilan vizasiz tartibni joriy qiladi

2017 yilgacha Qozog‘iston bir qator Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti davlatlari bilan vizasiz tartibni joriy qiladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmatiga tayangan holda Novosti-Kazaxstan axborot agentligi xabar bermoqda.
Ushbu masala tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisovning mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan boshqa davlatlar faxriy konsullari bilan uchrashuvi chog‘ida muhokama qilingan.
Bundan tashqari, ma'lum qilinishicha, uchrashuv chog‘ida keyingi yili tajribaviy asosda 10 mamlakat bilan bir tomonlama asosda vizasiz tartibning joriy qilinishi borasidagi hukumat qarori tez kunlarda imzolanishi ma'lum qilingan.

Top