19:51 / 24.06.2015
1522

Arda Turan agenti: “Milan” – variant emas. Arda APL da o‘ynamoqchi

Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Arda Turanning agenti Ahmed Bulut o‘z mijozi faoliyati qanday davom etishi mumkinligi haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Turan bu yozda Ispaniyani tark etib, Angliyada to‘p surmoqchi. Unga qiziqish bildirayotgan 6 ta klub ichida “Milan” va “PSJ” ham bor.

Arda “Milan”da aniq o‘ynamaydi, chunki klub keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydi. “PSJ” variant sifatida qaralishi mumkin edi, biroq aytganimdek Arda APLda o‘ynashni istayapti”, deb aytmoqda Bulut.

Top