06:35 / 24.06.2015
1830

Edinson Kavanining otasi mast holatda mashina haydab, 19 yoshli yigitni urib yubordi

Urugvay terma jamoasi va "PSJ" klubi hujumchisi Edinson Kavanining otasi o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi ishtirokchisiga aylandi. Bu haqda Elpais xabar berdi.

Bu fojiali hodisa 22 iyun kuni sodir bo‘lgan. Luis Kavani pikap mashinasida harakatlanish vaqtida 19 yoshli mototsiklchini urib yuborgan.

Ma'lum bo‘lishicha, 19 yoshli yigit kasalxonaga olib borilgach, jon bergan.

Luis Kavanining qonida esa alkogol borligi aniqlangan.

Top