07:19 / 24.06.2015
1845

Yerevanda 200 nafardan ortiq namoyishchi ozodlikka chiqarildi

22 iyun kuni Yerevanda boshlangan tartibsizliklar vaqtida politsiya tomonidan qo‘lga olinganlarning 200 nafardan ortig‘i qo‘yib yuborildi. Bu haqda Armaniston tergov-surishtiruv qo‘mitasiga asoslangan holda Interfaks xabar bergan.

Biroz oldinroq namoyishlar vaqtida 237 kishi hibsga olingani xabar qilingandi.

"Qo‘lga olinganlarning barchasi so‘roq qilib bo‘lingach, ozodlikka chiqarildi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kunining ikkinchi yarmida Armaniston poytaxti Yerevan shahrida prezident Serj Sargsyanning qarorgohi oldida minglab kishilar namoyish uyushtirishgandi.

Yerevanda elektr narxi oshishi bilan bog‘liq notinchliklar 19 iyundan buyon davom etmoqda. 22 iyun kuni kechqurun shahar ko‘chalaridan birida muddatsiz aksiya boshlandi, ishtirokchilar yerga o‘tirib olgan holda Armaniston prezidenti Serj Sargsyandan tariflar oshishi haqidagi qarorni noqonuniy deb tan olishni talab qila boshladi.

23 iyun, seshanba kuni ertalab Armaniston politsiyasi bu namoyishni tarqatib yuborgan.

Top