23:15 / 24.06.2015
1717

Google da tibbiy ko‘rsatkichlarni yig‘uvchi smart-soatlar yaratildi

Google X laboratoriyasida inson organizmi hayotiy faoliyati ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumotlar va atrof-muhit ko‘rsatkichlarini yig‘ishga mo‘ljallangan qo‘lga taqib yuriluvchi qurilma yaratildi.

Ushbu qurilma qo‘lga taqib yuriluvchi elektron soatlar ko‘rinishiga ega. Qurilmaning orqa va old tomonlarida turli datchiklar, shuningdek, kichkina displey o‘rnatilgan.

Qurilma puls urishi, vaqt o‘tishi bilan yurak ritmining o‘zgarishi va tana haroratini qayd qila oladi. Parallel ravishda atrof-muhit shovqini va yorug‘langanligi darajasi haqida ma'lumotlar yig‘ib boriladi. Ma'lumot bir daqiqada bir martadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olinadi.

Ushbu tajribaviy qurilmaga o‘zining hozirgi ko‘rinishida iste'mol bozori mahsuloti sifatida qaralmaydi. Qurilmadan tibbiyot muassasalari hamda yangi dorilarning klinik sinovdan o‘tkazilishi paytida farmatsevtik kompaniyalar bemorlar ahvoli haqidagi ma'lumotlarni yig‘ish uchun foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, qurilma u yoki bu kasalliklarning erta alomatlarini aniqlashda ham asqotishi mumkin.

Top