09:53 / 24.06.2015
2052

Indiana Jons obrazi Empire jurnali tomonidan eng ommabop kinoqahramon deb topildi

Arxeolog Indiana Jons kinoqahramoni Buyuk Britaniyaning Empire jurnali tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyo kinosi tarixidagi eng ommaviy kinoqahramon deb topildi.

Gollivudlik mashhur rejissyorlar Stiven Spilberg va Jorj Lukas tomonidan o‘ylab topilgan va Xarrison Ford tomonidan ijro etilgan sarguzasht filmi qahramoni bu borada 2-o‘rinni egallagan, britaniyalik yozuvchi Yan Fleming tomonidan yaratilgan “josus 007” Jyeyms Bondni ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi.

3-o‘rinni “Yulduzlar jangi” filmidagi Xan Solo qahramoni egalladi, bu qahramon rolini ham Xarrison Ford ijro etgan. 4-o‘rinni Amerika komikslari superqahramoni Betmen, 5-o‘rinni “O‘zga” fantastik filmidagi Sigurni Uiver ijrosidagi Ellen Ripli fazogir ayoli qahramoni egalladi.

Bu reytingda 6-o‘rinni Betmenning asosiy raqibi Joker, 7-o‘rinni “Qattiq yong‘oq” filmidagi Bryus Uillis tomonidan ijro etilgan politsiyachi Jon Makkleyn, 8-o‘rinni “Jang klubi” filmidagi Bred Pitt ijrosidagi Tayler Derden, 9-o‘rinni “Yulduzlar jangi” filmidagi yovuz Dart Veyder, 10-o‘rinni esa “Katta Lebovski” filmidagi “Oshna” laqabli Jyeffri Lebovski qahramonlari egalladi.

So‘rovnomada Buyuk Britaniyadan tashqari AQSh va boshqa bir qatorlarda chop etiluvchi ommaviy kinematografga bag‘ishlangan Empire jurnalining 10 mingga yaqin jurnalxonlari ishtirok etdi.

Top