17:04 / 24.06.2015
2503

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan Ravshan Haydarov va Dilshod Nuraliyev joy oladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy etib Samvel Babayan tayinlangach, u o‘zi uchun murabbiylar shtabini shakllantirishga kirishdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, terma jamoa murabbiylar shtabidan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi endilikdagi sobiq bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va «Paxtakor» klubi yoshlar jamoasi murabbiyi Dilshod Nuraliyev joy egallashadi.

Babayan hozircha yangi murabbiylar shtabi to‘liq shakllantirilmaganini, yagona yordamchisi sifatida Ravshan Haydarov tasdiqdan o‘tgani ta'kidlagan.

Uning aytishicha, yaqin kunlarda terma jamoa rahbariyatining tarkibi ommaga e'lon qilinadi.

Top