19:05 / 24.06.2015
4530

O‘zbekistondan noqonuniy valyuta olib ketishga harakat qilgan xorijlik fuqarolar to‘xtatib qolindi

O‘zbekiston hududidan qoidalarda ko‘rsatilganidan ortiq yoki deklaratsiyada ko‘rsatilmagan miqdorda valyuta olib chiqishga harakat qilgan chet el bir qancha fuqarolari to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK axborot xizmati katta inspektori Husen Tangriyev axborot berdi.
Jumladan, Qozog‘iston fuqarosi Sh. Kalmuratov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Toshkentda turib, Seulga parvoz qilish oldidan yo‘lovchi bojxona bayonnomasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, 2 ming AQSh dollarini olib chiqishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.
Kiyevga parvoz oldidan ukrainalik L. Jumayeva bojxona nazoratisiz 3300 dollarni olib o‘tishga harakat qilganida qo‘lga olindi.
Bunday xatti-harakatlarda qo‘lga tushganlar ichida Xitoy fuqarolari ham ham bor. Xususan, urumchilik A. Godun 2200 AQSh dollari va 4200 Xitoy yuanini qo‘l yuklariga yashirgancha olib chiqishga uringan paytda fosh qilindi. Uning vatandoshi A. Venyan 3100 AQSh dollaridan bojxona bayonnomasida ataylab qayd qilmagani ma'lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, rossiyalik fuqarolar jami 10610 dollar, Turkiya fuqarosi 6750 yevro va 250 funt sterling olib ketishga harakat qilganda to‘xtatib qolindi.

Top