14:14 / 24.06.2015
1415

"Paxtakor" "Sho‘rtan"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston kubogi 1/8 finali javob uchrashuvida "Paxtakor" o‘z maydonida "Sho‘rtan"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi

Dastlab Soliyev Kamolovning to‘pga oshirishdagi xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. 19-daqiqada Masharipov uzatgan bergan to‘pni Kozak 22 metrlardan mehmonlar darvozasiga aniq yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limda g‘uzorliklar bir qator keskin holatlarni yuzaga keltirishdi, lekin Lobanov ishonchli o‘yin ko‘rsatib, hisobning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi. Chorak finalga yo‘l olgan "Paxtakor" ushbu bosqichda birinchi liga vakili "Tsementchi" bilan kuch sinashadi.

 

"PAXTAKOR" - "ShO‘RTAN" - 2:0 (2:0)

Hakamlar: I.Tantashev, A.Marajabov, Z.Abdurahmonov.

Nazoratchi: D.Roman.

"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimets (Sohibov, 46), Oraxovats, Xolmuhammedov, Ismatullayev, Kozak (Maxaradze, 57), Masharipov, Soliyev, Pardayev, Alimov (Iskanderov, 69).

"Sho‘rtan": Abdulov, Boymatov, Aliqulov, Ubaydullayev, Eshmurodov, Karpenko (Rajabov, 61), Kamolov, Taran, Klishin, Polvonov (G‘ulomov, 59), Berdiyev.

Gollar: Soliyev, 10 - 1:0. Kozak, 19 - 2:0.

Ogohlantirishlar: Krimets, 42. Sohibov, 90.

Top