07:30 / 24.06.2015
2977

Qozog‘istonda 228 quti nosvoy olib ketayotgan o‘zbekistonlik avtobus haydovchisi ushlab qolindi

Qozog‘istonda 228 quti nosvoy olib ketayotgan avtobus ushlab qolindi. Bu haqda Qozog‘iston Moliya vazirligi davlat daromadlari qo‘mitasi matbuot xizmati saytida ma'lum qilindi.

Nosvoy Qozog‘istonda taqiqlangan modda hisoblanadi.

Qayd etilishicha, olib ketilayotgan nosvoyning umumiy og‘irligi 7740 kg.ni tashkil etgan.

“Tarqatilishi taqiqlangan nosvoy moddasi 228ta qutiga solinib, O‘zbekiston fuqarosi tomonidan boshqarilayotgan “Mersedes-Bents” rusumidagi avtobusda olib ketilayotgan bo‘lgan”, deyilmoqda xabarda.

Top