07:27 / 24.06.2015
1971

Uber aksiyalari savdosi arafasida investitsion rekord o‘rnatdi

Xitoylik investorlar taksiga onlayn-buyurtma berish xizmati Uber ga kompaniyaning birlamchi aksiyalar savdosiga (IPO) chiqishi arafasida 10 mlrd dollardan ko‘proq sarmoya kiritishdi, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, bu yuqori texnologik kompaniyalar uchun mutlaq rekord natija hisoblanadi. Hattoki Google yoki Facebook kabi gigantlar ham IPO gacha bunday katta miqdorda sarmoya jalb qilishga muvaffaq bo‘lmagan.

Kompaniya olingan mablag‘larni butun dunyo bo‘ylab 300dan ortiqroq shaharda o‘zining operatsiyalarini kengaytirishga yo‘naltirishni mo‘ljallamoqda. Bundan tashqari, kompaniyani regulyatorlar tomonidan bildirilgan da'volar bo‘yicha katta miqdordagi sud xarajatlari kutmoqda.

Kompaniyaning asosiy xitoylik investorlaridan biri Hillhouse Capital Group kompaniyasi aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan Uber obligatsiyalarini IPOdagidan ancha kamroq narxda sotib olish ehtimoli bilan kompaniyaga yana yuz millionlab dollar kiritishga tayyorligi aytilmoqda.

Top