07:00 / 24.06.2015
1720

Xiaomi 2015 yilning boshidan beri 35 mln dona qurilma sotdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 2015 yilning birinchi yarmida 35 mln dona smartfon sotdi. Bu haqda Android Headlines portali xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya savdolari hajmi 30 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan. Agar o‘sish sur'ati shundayligicha qolsa, Xiaomi yil oxirigacha 80-100 mln dona smartfon va planshet sotishga muvaffaq bo‘ladi.

Ayni paytda Xiaomi fevralda avvalgi yetakchi Samsung`ni ortda qoldirib, Xitoy mobil qurilmalar bozorida 1-o‘rinni egallamoqda. Mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchilari global reytingida Xiaomi sotilgan qurilmalar bo‘yicha 3-o‘rinni egallamoqda.

Top