12:21 / 24.06.2015
6752

Xitoyda 40 yil saqlangan 100 ming tonna go‘sht topildi

Xitoyda omborxonalarda 40 yil davomida saqlangan 100 ming tonna muzlatilgan go‘sht topildi, deb xabar bermoqda AsiaOne.

Mamlakatda hukumat tomonidan o‘tkazilayotgan iyekshiruvlar davomida omborxonalarda aynib qolgan muzlatilgan tovuq qanotlari, mol va cho‘chqa go‘shti aniqlandi. Ularning saqlanish muddati 40 yildan oshib ketganligi aytilmoqda.

Aynigan mahsulotning umumiy qiymati 483 mln dollarni tashkil qilmoqda. Go‘shtning katta qismi Xitoyga kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Ayni paytda kontrabandada gumon qilingan shaxslar qo‘lga olindi.

Top