17:47 / 25.06.2015
1788

Endi Facebook Messenger xizmatidan akkaunti yo‘qlar ham foydalanishi mumkin

Facebook ijtimoiy tarmog‘i o‘zining Messenger xizmati uchun Facebook`da akkaunti bo‘lmaganlar ham foydalana olish imkoniyatini yaratdi. Bu haqda TheNextWeb nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, hozirda Facebook Messenger xizmatidan ijtimoiy tarmoqda profili yo‘q bo‘lgan AQSh, Kanada, Venesuela va Peruda yashovchilar foydalana olishi mumkin. Biroq Facebook baribir foydalanuvchilariga kontaktlar va yozishmalarni sinxronlash uchun ijtimoiy tarmoqdan akkaunt ochishni tavsiya qilmoqda.

Facebook o‘zining foydalanuvchilari uchun xabar almashish xizmatini 2014 yilning aprelida alohida ilova sifatida taqdim etgandi. Bunday holatda Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asosiy ilovasi orqali xabarlarni o‘qish imkoniyati mavjud emasdi.

Top