17:06 / 25.06.2015
1812

Karzay Afg‘oniston xavfsizligi masalasida AQSh, Rossiya va Xitoy hamkorlik qilishi kerak deb hisoblaydi

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzayning fikricha, AQSh va NATO respublikada xavfsizlik va barqarorlik o‘rnatish uchun XXR va Rossiya bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi kerak.
“AQSh va NATOning Afg‘onistonda bo‘lishi sezilarli natijalarga olib keldi, mamlakatdagi vaziyat 2001 yildagiga qadar ancha barqaror”, – tan oldi Karzay.
Shu bilan birga, buning o‘zi yetarli emas.
“Bu Afg‘oniston odamlariga xavfsizlik olib kelmadi, ular halok bo‘lishda va mulkini yo‘qotishda davom etmoqda. AQSh va uning ittifoqchilari o‘zlari duch kelayotgan muammolar haqida ochiq gapirishi kerak. Agar ular omadga erisha olmayotgan bo‘lsa, Rossiya va Xitoy singari davlatlar bilan hamkorlik qilishi kerak”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top