11:04 / 25.06.2015
2391

Kasperskiy “aqlli” dazmollar va changyutkichlar insoniyat uchun yangi kibertahdid tug‘dirishini bashorat qildi

“Kasperskiy laboratoriyasi” bosh direktori Yevgeniy Kasperskiy Peterburg jurnalistlari bilan muloqot chog‘ida insoniyatga yangi kibertahdid internetga ulangan “aqlli” dazmollar, televizorlar, soatlar va changyutkichlar orqali kelishi mumkinligini aytdi.
“Hozircha Rossiyada televizor orqali to‘lovlarni amalga oshirish xizmatlari tarqalmagan, ammo bunday xizmatlar tarqalgach, shu kabi internetda ishlaydigan “aqlli” uskunalar orqali hamyoningizga yetib borishga harakat qiluvchi qalloblarning soni oshib boradi”, – dedi u.
Uning aytishicha, “Kasperskiy laboratoriyasi” tarixida bir marta Xitoydan keltirilgan Wi-Fi tarmog‘iga ulangan dazmollar orqali xakerlik hujumlari uchun tarmoq yaratilgani kuzatilgan.

Top