11:34 / 25.06.2015
1500

Laporta "Barselona" Pogba bilan g‘alabali yo‘lini davom ettirishi mumkinligini aytdi

"Barselona" jamoasining sobiq prezidentlaridan biri hamda navbatdagi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodi bilan qatnashadigan Joan Laporta saylov oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

U Marca nashriga bergan intervyusida o‘zining saylovlarda g‘alaba qozonishi evaziga jamoa g‘alabali yo‘lini davom ettirishiga kafolat bergan.

Laportaning aytishicha, "Yuventus"ning fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogbaning kataloniyaliklar klubiga olib kelinishi evaziga muvaffaqiyatlar ehtimoli yanada ortadi.

"Pogba "Barselona" uchun eng munosib variant. Hamma u Kataloniyada o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olishi mumkinligini aytmoqda. Uning o‘zi ham "Barselona"ga kelishni istaydi. Agar men saylovda g‘alaba qozonadigan bo‘lsam, "Barselona" bilan navbatdagi sovrinlarni qo‘lga kiritishga va'da beraman", deydi Laporta.

Ma'lumot uchun, "Barselona" rahbarligi uchun saylov shu yilning 18 iyul kunida o‘tkaziladi.

Top