12:36 / 25.06.2015
1575

"Manchester Yunayted" Serxio Ramos uchun "Real"ga 50 mln yevro taklif qildi

"Manchester Yunayted" jamoasi "Real" bilan Serxio Ramosning transferi xususida muzokaralarni boshladi.

Daily Mail nashrida yozilishicha, inglizlarning ilk taklifida 35 mln funt (50 mln yevro) miqdoridagi mablag‘ ko‘rsatilgan.

Ma'lumot uchun, "Real" bu futbolchi bilan shartnomaning bir tomonlama buzilishi uchun 180 mln yevrolik mablag‘ni belgilab qo‘ygan.

Muzokaralar boshlanishi bilan bir vaqtda futbolchining o‘zi "Real" rahbariyatiga keyingi mavsumlarni "Old Trafford"da o‘tkazmoqchi ekanini aytgan.

Biroz oldinroq, "MYu" bu himoyachi uchun 5 yil davomida 55 mln yevro maosh berish niyatidaligi xabar qilingandi.

Top