17:55 / 25.06.2015
1594

Namanganda muddatdan oldin nafaqaga chiqarish bahonasida ayoldan pul olgan qallob xodimlar hibsga olindi

27 yoshli Bahrom Salohiddinov Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limida pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi inspektori bo‘lib ishlab yurganida uning huzuriga 54 yoshli ayol kelib, muddatdan bir yil oldin nafaqaga chiqishni istashini ma'lum qildi. Ammo buning uchun ayolning mehnat staji kamida 20 yil bo‘lishi kerak edi. Buncha ish staji yo‘q ayolga “yordam berish” maqsadida Salohiddinov arxivga borib, Fazilat G‘afforova ismli ayolga uchrashni taklif qildi.

“Hujjatlarni ilmiy texnikaviy qayta ishlash nodavlat arxivi” MChJ boshlig‘i bo‘lgan G‘afforova oldindan kelishigani kabi 700 ming so‘m evaziga ayolga hujjatlarni soxtalashtirishga yordam berishini aytdi.
“Huquq” gazetasida yozilishicha, soxta hujjatlarga binoan, ayol 1993-2007 yillarda “Namangango‘shtsavdo” OAJda farrosh lavozimida ishlagan edi. Shu hujjat asosida u 3 oy nafaqa pulini oldi.

Ammo soxta hujjatlar bir kuni fosh etilib, ularni tayyorlagan G‘afforova va Salohiddinovlar qo‘lga olindi.

Top