01:15 / 25.06.2015
1892

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Chempionlik – ko‘ngil ehtiyoji” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida bolalar sportini rivojlantirish, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalasiga ustuvor vazifa sifatida e'tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda asos solingan va dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan uch bosqichli tizim – «Umid nihollari», «Barkamol avlod», Universiada sport musobaqalari sportni yanada ravnaq toptirish, o‘g‘il-qizlarning unga bo‘lgan qiziqish va intilishini tobora kuchaytirish, o‘quvchilarni ommaviy tarzda sportga jalb etish imkonini bermoqda.

Yurtimizning har bir go‘shasida barpo etilayotgan jahon andozalari darajasidagi sport maktablari, sport-sog‘lomlashtirish majmualari, suzish havzalari, mahallalardagi seksiya va to‘garaklar farzandlarimizning sog‘lom bo‘lib kamolga yetishida, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va unumli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Har yili yozgi ta'til davrida poytaxtimizga kelganimda, buyuk bobokalonimiz nomi bilan yuritiluvchi ushbu ma'rifat maskanida bo‘laman, – deydi Navoiy shahridagi 11-umumta'lim maktabi o‘quvchisi Aziza Botiraliyeva. – Sportning stol tennisi, suzish kabi turlari bilan shug‘ullanaman. Ushbu kitoblar ko‘rgazmasidagi mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sportga doir yangi adabiyotlar menda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ko‘rgazmada sportga oid adabiyotlar, plakat va suratli albomlar, o‘quv-uslubiy nashrlar namoyish etilmoqda.

Manba: UzA

Top