13:42 / 25.06.2015
1251

O‘zbekiston TIVda Fransiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

2015 yilning 25 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Jak-Anri Els bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Suhbat chog‘ida joriy yilning ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi tadbirlarga, jumladan vazirliklararo navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

Uchrashuvda Fransiya tomonining Parij shahrida O‘zbekistonga bag‘ishlangan ko‘rgazma o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ko‘rib chiqildi.


Top