06:44 / 25.06.2015
8702

Putin Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirlanayotganini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirlanayotganini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Bu haqda Putin Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay bilan uchrashuv davomida aytib o‘tdi.

“Hozirda Afg‘onistonda bizni xavotirga solayotgan jarayonlarni ko‘rmoqdamiz. “Tolibon” faol ravishda harakat olib bormoqda, Afg‘onistonning katta qismi, ko‘plab chegaraoldi hududlarini nazorat qilmoqda. Shuningdek, Afg‘onistonda "IShID" jangarilarining borligi ham xavotir uyg‘otmoqda”, deb aytdi Putin.

Top