17:04 / 25.06.2015
3239

Putin: zamonaviy qurolga ega kuchli armiya – Rossiya suvereniteti kafolatchisi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, mamlakat chegarasida kuchli armiya turganligi xavotirga sabab bo‘lmay qolmaydi, shu bois zamonaviy qurolga ega kuchli armiya Rossiya suvereniteti kafolatchisidir.
Oliy harbiy o‘quv yurtlari bitiruvchilarini qutlash marosimida Putin ushbu masalada chiqish qildi.
U Rossiya hukumati qurolli kuchlarni rivojlantirishga e'tiborni susaytirmasligini, har yili sohada struktur o‘zgarishlar amalga oshirib borilishini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Putin strategik yadro quroli kuchlari ham mustahkamlanib borayotganini alohida ta'kidladi.

Top