10:54 / 25.06.2015
3367

Qozog‘iston Singapurga tenglashtirildi

Qozog‘iston milliy banki rahbari K. Kelimbetov bir guruh xorijiy mutaxassislar bilan suhbat chog‘ida mamlakatni O‘rta Osiyo Singapuri deb atadi. Bu haqda Kazinform agentligi xabar bermoqda.
“Ayni paytda Qozog‘iston O‘rta Osiyoning ikkinchi Singapuri hisoblanadi. Bizda sobiq sovet respublikalari ichida eng raqobatbardosh iqtisodiyot shakllantirildi”, – ta'kidlab o‘tdi Kelimbetov.
Uning aytishicha, milliy bankning asosiy yo‘nalishlaridan biri Ostonada xalqaro moliya markazini rivojlantirishdir.

Top