11:46 / 25.06.2015
1696

Ramos "Real" rahbariyatiga "MYu"ga o‘tish niyati haqida ma'lum qildi

«Real» klubi himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirish niyatidaligini bildirgan

The Guardian nashrining xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi 24 iyun kuni bu haqda «Real» ijrochi direktori Xose Anxel Sanchesga ma'lum qilgan. 

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Sanches klub «MYu»ning taklifini ko‘rib chiqishi mumkinligini ma'lum qilgan. 

Qayd etish joizki, Ramosni sotib olish uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan tovon puli miqdori 180 million yevroga teng. 

Avvalroq Ramos «MYu» darvozaboni David De Xeaga almashtirilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Top