21:59 / 25.06.2015
5269

Toyota rahbari Yaponiya avtomobilsozlik sanoatining eng katta haq oluvchi top-menejyeri bo‘ldi

Toyota Motor kompaniyasi prezidenti Akio Toyoda o‘tgan moliyaviy yil yakunlariga ko‘ra Yaponiya avtomobilsozlik sanoatining eng ko‘p haq oluvchi top-menejyeri bo‘ldi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Dividendlar to‘langandan keyin Toyoda olingan to‘lov pullari miqdori bo‘yicha 2010 yildan beri uch marotaba Yaponiyada barcha sanoat sohalari bo‘yicha eng katta haq oluvchi rahbar bo‘lib kelayotgan Nissan Motor rahbari Karlos Gonni ortda qoldirdi.

Toyoda o‘tgan yil uchun ish haqi va dividendlar sifatida 1,27 mlrd iyen (10,3 mln dollar) oldi. Nissan bosh direktorining maoshi Toyodanikidan deyarli uch barobar ko‘proqni tashkil etdi, biroq u kamroq dividend ldi va umumiy hisobda 1,14 mlrd iyen (9,21 mln dollar) oldi.

Qayd etilishicha, Toyota rekord darajadagi daromad olgani tufayli barcha aksiyadorlariga to‘lovlar miqdorini oshirgan.

Top